"Yuventus" Vlaxovich uchun "Fiorentina"ga 35 mln evro va Kulusevskini taklif qilmoqda

Alisher
21 yanv 2022
"Yuventus" "Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolamoqchi.

Turin klubi 21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun 35 million evro va xavbek Deyan Kulusevskini taklif qilmoqda.

"Fiorentina"ning ushbu taklifga qanday javob qaytargani noma'lum.

Oldinroq xabar berilganidek, "Arsenal" Vlaxovich uchun 68 mln evro to'lashga va o'yinchiga 18 mln evrolik maosh taklif qilishga tayyorligi haqida ma'lumot berilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: sportmediaset.mediaset.it