"Yuventus" himoyachisi Rugani "Vilyarreal"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
19 fev 2022
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani "Vilyarreal"ga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yinida maydonga tushmasligi mumkin.

Kecha, 18 fevral kuni 27 yoshli italiyalik "Torino" (1:1)ga qarshi Italiya chempionati 26-tur doirasidagi o'yindan oldin mushak jarohatini oldi.

Qayd etish kerakki, "Yuventus" o'yinchilari Leonardo Bonuchchi va Jorjo Kellini ham jarohatlanishgan. Ammo, ulardan hech biri "Vilyarreal" bilan o'yingacha tiklanmasa, Ruganining jarohati jiddiy bo'lgan bo'ladi, italyan jamoasida bir nafar sog' markaziy himoyachi qolgan - Matteys de Ligt.

"Vilyarreal" - "Yuventus" o'yini 22 fevralda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Football Italia