"Yuventus" Halqaro chempionlar kubogidan qancha daromad ko'rishi ma'lum bo'ldi

21 iyul 2019, 20:30
Halqaro chempionlar kubogi yozgi eng mashhur musobaqlardan hisoblanadi.

Bu yilgi musobaqada Italiyaning 4 klubi qatnashmoqda: "Yuventus", "Inter", "Milan" va "Fiorentina".  La Gazzetta Dello Sport nashrining ma'lum qilishicha, ular birgalikda umumiy 13 mln. evro ishlab topishadi. "Yuventus" jamoasi mashhur va sovrindor klub bo'lgani sababli 6 mln. evro daromad ko'radi. "Inter" uchun kutilayotgan summa 2 million evro atrofida bo'ladi. "Milan" va "Fiaorentina" o'z turidan salkam 3 mln. evro olishi ko'zda tutilgan. 


Manba: championat.asia