"Yuventus" "Fiorentina" futbolchisi bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2019
"Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Keza "Yuventus" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Turin klubi futbolchiga mavsumiy maoshi 10 mln. evro bo'lgan 5 yillik bitim taklif qilgan. Biroq soliqlardan so'ng o'yinchi oladigan "toza" maosh 5 mln. evro bo'ladi. "Yuventus" transferni yakunlash uchun "Fiorentina" bilan kelishishi kerak.

Yaqin vaqt ichida "Fiorentina"ning egasi o'zgarishi muammoga aylanishi mumkin. Amerikalik biznesmen Rokko Komisso Florenciya klubini 170 mln. evro evaziga sotib oladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com