"Yuventus" "Chelsi" bilan "Atletiko" futbolchisi uchun raqobatlashadi

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022, 18:23
Xose Ximenes uchun kurashda Londonning "Chelsi" klubiga raqobatchi paydo bo'ldi.

Tutomercatoweb jurnalistlarining yozishicha, Turinning "Yuventus" klubi urugvaylik futbolchi uchun da'vogarga aylangan. Ehtimoliy kelishuv summasi 40 million evroga baholanmoqda.

Ximenes 2013 yildan beri "matraschilar" ranglarini himoya qilib keladi. Uning madridliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

27 yoshli janubiy amerikalik himoyachi joriy mavsum 14 ta uchrashuvda qatnashgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb