"Yuventus" Andrea Pirlo bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Narzulla Saydullayev
6 sen 2013
"Yuventus" rahbariyati klubning 34 yoshli yarim himoyachisi Andrea Pirlo bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda "Football Italia".
Futbolchining shartnomasi keyingi yil yozda tugaydi, ammo Turin klubi Pirlo bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Yangi shartnoma yil oxiriga qadar imzolanishi kutilmoqda.