"Yuve" Vlaxovich uchun qishda 50 mln evro taklif qilishga tayyor. "Fiorentina" 70 mln xohlamoqda

Alisher
24 noya 2021
"Yuventus" "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolamoqchi.

Turin klubi "Fiorentina"ga eng yaxshi to'purarlari uchun qishda 50 mln evro taklif qilishga tayyor.

"Keksa sinora" Vlaxovichning transfer masalasini faollashtirdi, sababi Vlaxovichning o'zi "Yuventus"ga o'tishga qiziqmoqda.

Uning klubi esa 21 yoshli o'yinchi uchun 70 million evro olmoqchi.

Vlaxovich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.

→ "Nyukasl" Vlaxovichning transferi uchun 80 mln evro ajratadi


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it