⚡️Yusupov yoki Ne'matov? Sentyabr oyidagi o'yinlarda terma jamoa darvozasini kim qo'riqlaydi? Katanets javob berdi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets yaqinda championat.asia saytiga katta eksklyuziv intervyu berdi.

Ushbu intervyu davomida bosh murabbiyga terma jamoa darvozabonlari haqida ham savol berildi.

- Abduvohid Ne'matov "Nasaf"da faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda. U Olimpiya O'yinlarida ham ishtirok etdi. Shuningdek, Eron jamoasiga ko'chib o'tgan asosiy darvozabonimiz O'tkir Yusupov ham bor. Terma jamoaning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlarida terma jamoamiz darvozasini kim qo'riqlaydi, degan savol ko'pchilikni qiziqtirmoqda.


- Bu haqda oldin ham gapirib o'tganman. Shtabimda darvozabonlar murabbiyi bor va ushbu savolingizga u javob berishi kerak. U qanday qaror qabul qilsa, men uning qaroriga qo'shilaman", - dedi Srechko Katanets championat.asia saytiga. 



Srechko Katanets bilan bo'lgan intervyuni to'lig'ini tez orada championat.asia saytida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia