Yuriy Vernidub: "Yevropa Ligasi pley-offiga chiqish - "Sherif" uchun katta plyus"

Alisher
25 noya 2021
"Sherif" bosh murabbiyi Yuriy Vernidub "Real" (0:3)ga qarshi Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz katta klubga 0:3 hisobida yutqazdik, men yigitlar uchun mamnunman. 

O'yin sifatida Madriddagidan yomon bo'lmadi. Ammo, o'shanda yutgandik, hozir esa yutqazdik. Vaziyatlar bo'ldi, afsuski, gol ura olmadik.

Guruhda uchinchi o'rin va Yevropa Ligasining bahorgi bosqichiga chiqish - "Sherif" uchun katta plyus", - deydi Vernidub.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com