Yurgen Klopp “Manchester Siti” bilan javob o'yini haqida: Shogirdlarimga: “Yigitlar! Iloji boricha tezroq gol uring!” deya olmayman

10 apr 2018, 09:05
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp bugun YCHL chorak finalida “Manchester Siti”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ular o'yinni xuddi MYU bilan bo'lgani kabi boshlashi mumkin, o'shanda ular yarim soat ichida ikkita gol urgan edi. Bu men ko'rgan birinchi bo'limlarning ichida eng zo'ri bo'ldi. Ular haqiqiy dovul uyushtirdi. Ammo ikkinchi bo'limda o'yin o'zgardi. Bizning o'yin turli ssenariy bilan kechishi mumkin. Ular erta gol urishi, biz erta gol urishimiz va hokazo. Shogirdlarimga: “Yigitlar! Iloji boricha tezroq gol uring!” deya olmayman. Buni yordam beradi deb o'ylamayman. Biz kengroq mulohaza yuritishimiz kerak - maydonda qayerda va nima qilish haqida. Birinchi o'yindan so'ng shogirdlarim o'yinning faqat teng yarmi o'tganini bilishdi. Hisobda oldinda ekanimiz - bizning g'alaba qozonishimizni anglatmaydi. Javob uchrashuvini yaxshi o'tkazishga harakat qilamiz”,- deydi Klopp.


Manba: Championat.com