Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasidagi ishga qiziqmayapti

Alisher
22 noya 2020
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ayni damda Germaniya terma jamoasidagi ishga qiziqmayapti.

"Kelajakda bo'lishi mumkin. Hozir emas. Menda vaqt yo'q va ish bor - og'ir ish. Men bu erda ko'p narsalarga javob beraman, shu sabab boshqa chaqiriqlarni izlamayman. Ertalabki uyg'onishdan so'ng menda etarlicha muammolar bor", - deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasini 14 yildan beri boshqaradi.

Yaqinda Germaniya terma jamoasi 1931 yildan beri o'zining eng yirik mag'lubiyatini Ispaniya (0:6)dan qabul qilib oldi.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com