Alisson mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
Mersisayd klubi bosh murabbiyi Arne Slotning takidlashicha, "Liverpul" darvozaboni Alisson Beker mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.

Braziliyalik futbolchi mart oyining ikkinchi yarmida jarohat orttirib oldi. Endilikda uning Jahon chempionatiga tayyor bo'lish-bo'lmasligi noma'lumligicha qolmoqda.

33 yoshli darvozabon ushbu mavsum "qizillar" safida 34 o'yinda qatnashib, 13 o'yinda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo