


"Albatta, qiyin bahs o'tkazdik. Birinchi bo'limni yomon o'tkazmadik. Vaziyatlar yaratildi, to'p nazorat qilindi.
Imkoniyatlardan foydalana olmaslik, penaltidagi omadsizlik yakunda raqib tomonidan jazolanishga olib keldi.
O'zbekistonda futbol darajasi juda yuqori. Chempionlik uchun nechta klub kurashayotganiga qarang. Bu mavsum oxirigacha davom etadi.
Uchta frontda kurash olib borish oson, demagan bo'lardim. Har bir o'yinga bir xil tayyorlanamiz. OFK Kubogi yarim finaliga chiqish katta natija, ammo biz finalga chiqishni istayapmiz. O'ylaymanki, buni uddalaymiz", – dedi Obshivach.



