Yupp Xaynkes: "Chempionlar ligasi sovrinini sotib olib bo'lmaydi"

Tolibjon Qosimov
13 apr 2018
"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Chempionlar ligasi yarim finaliga tashlangan qur'adan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, myunxenliklar YCHL 1/2 finalida musobaqaning amaldagi g'olibi "Real"ga qarshi kurash olib boradi.

"Bu yaxshi manoda gigantlar uchrashuvi, super-to'qnashuv ekanligini aytishim kerak.

Trebl haqida xotiralar qolgan. O'shanda "Bavariya" bilan "Yuventus"ga qarshi o'yinlarni uyda boshlaganmiz. Bu yaxshi belgi deb umid qilamiz.

Chempionlar ligasi sovrinini sotib olib bo'lmaydi. G'alaba uchun vaqt va sabr kerak", - dedi Xaynkes.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild