Yozda Barselonani tark etadigan Xavi Yevropaning nomdor jamoasiga bosh murabbiy bo'lish uchun asosiy davogar

Khoja
20 apr 2024
Barselona bosh murabbiyi Xavi yozda jamoani tark etadi.

Uning xizmatlariga Niderlandiyaning Ayaks klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Amsterdam jamoasi Xavini yangi bosh murabbiylikka birinchi raqamli davogar sifatida ko'rmoqda. Ular Xaviga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, Xavi Barselonani 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakunlanadi. Biroq mutaxassis yanvar oyida mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishini ma'lum qilgan.

Xavi Barselona bilan Ispaniya chempionligi va Superkubogini qo'lga kiritdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com