Yoshlarimiz 20 may kuni Yangi Zelandiyaga uchib ketadi

Narzulla Saydullayev
7 may 2015, 16:00
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi ikki haftadan so'ng Yangi Zelandiyaga uchib ketadi.
Terma jamoamiz 20 may kuni Okeaniya sari yo'lga chiqadi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 22 may kuni Yangi Zelandiyaga yetib boradi. 24 may kuni Ravshan Haydarov shogirdlari Vellington shahrida Panama yoshlariga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mundialdagi ilk o'yinni 1 iyun kuni Gondurasga qarshi o'tkazadi. Guruhimizda Germaniya va Fiji jamoalari ham bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia