Yoshko Gvardiol: "Manchester Siti" safidagi ilk golimni buyuk jamoa darvozasiga urganimdan xursandman"

Iskandarov Abdulaziz
10 apr 2024, 13:50
Bugun tunda YCHL chorak finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi birinchi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Ajoyib o'yin. Bu yerda, mazkur arenada birinchi marotaba o'ynamoqdaman. Chiroyli muhit. Albatta javob uchrashuviga bu natijani hisobga olgan holda tayyorgarlik ko'ramiz. Yakuniy natija yaxshi bo'ldi. Men esa "Manchester Siti" safida ilk bor gol urganimdan xursandman. Boz ustiga buyuk jamoa darvozasiga",- deydi Gvardiol. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: https://www.uefa.com/