Yorqin Nazarov "Turon" bosh murabbiyligidan ketdi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2024, 14:00
Superligadan tushib ketgan "Turon" bosh murabbiy Yorqin Nazarov bilan shartnomani bekor qildi.

Mutaxassis 2023 yilning 1 iyul sanasida "Turon" bilan 2024 yil yakuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagandi. 

Shunga qaramay, ikki tomon kelishuvi asosida mazkur shartnomani bekor qildi.

"Turon" o'tgan mavsum Superligada 13-o'rinni olib, Superligadan Pro ligaga yo'l olgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz