York Gyulerni MYUda ko'rmoqchi: "De Bryuyne va Salohning "Chelsi"dan ketishi ularning faoliyatiga ijobiy tasir qilgan edi"

Aslanov Jasurbek
24 iyun 2024
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Duayt York Arda Gyulerni "qizil iblislar" safida ko'rmoqchi.

"Arda Gyulerni bir necha yildan beri vunderkind deb atashmoqda va u Turkiya terma jamoasida mo'jizaviy gol urib, gap-so'zlar haqiqatligini isbotladi.

U Evroda yondiryapti va endi hamma uni "Real" zaxira o'rindig'idan qutqarishni xohlab qoladi.

Kevin De Bryuyne va Muhammad Salohning "Chelsi"dek katta klubdan ketishi ularning faoliyatiga ijobiy ta’sir qilganini ko'rdik. Gyuler bilan shunday bo'lmaydi deb kim ayta oladi.

U har hafta maydonga tushishi imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Hammaga ma'lum bir muddat uchun tajribali futbolchi kerak, ammo jahon yulduziga aylanishi mumkin bo'lgan Gyulerni ko'zdan qochirmaslik lozim.

Men MYU uni sotib olishini xohlayman" - dedi York.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro