

"So'nggi bir-ikki hafta ichida menga murojaat qilib, suhbatlashishga tayyorligimni va qiziqishim bor-yo'qligini so'rashdi", – dedi u Frayburg yaqinidagi Rust shahridagi "Yevropa parki" attrakcionlar maydonida o'tkazilgan tadbir chog'ida.
U hozir bu takliflar haqida o'ylab, tegishli jamoalar to'g'risida ma'lumot to'playotganini aytdi. Keyingi bosqichda "hamkorligimiz samarali bo'lishi mumkinmi" degan savolga javob topish uchun mas'ul shaxslar bilan uchrashuvlar o'tkazishi mumkinligini bildirdi.
65 yoshli Lyov Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yilgi jahon chempionatida g'olib bo'lgan. Murabbiy 2021 yilda terma jamoani tark etganidan beri ishsiz hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq O'zbekiston futbol associaciyasi germaniyalik mashhur mutaxassis bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergandik.



