Yoaxim Lyov murabbiylik faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022
Germaniyalik murabbiy Yoaxim Lev faoliyatini davom ettirishga shay.

"Bild" xabariga ko'ra, 62 yoshli mutaxassis yaqinda "Shtutgart" taklifini rad qilgan. Ular uni maslahatchi murabbiy sifatida jalb qilishgan.

Manbaga ko'ra, Lyov faqat bosh murabbiy lavozimiga qaytish niyatida.

Lyovning so'nggi ish joyi Germaniya terma jamoasi bo'lib, u 2006 yildan 2021 yilgacha u erda murabbiylik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild