Yoaxim Lev: “Germaniya o'lim guruhida, ammo...”

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev Evro-2020 final bosqichiga tashlangan qur'a haqida mulohazalari bilan o'rtoqlashdi.

Germani terma jamoasi o'z guruhida Fransiya, Portugaliya singari kuchli terma jamoalar bilan raqobatchilik qiladi. Yana bir jamoa nomi esa pley off bahslaridan so'ng guruhga qo'shiladi. 

“Bio' o'lim guruhidamiz. Myunxenda bo'ladigan bahslar haqiqiy futbol bayramiga aylanib ketadi. Ko'pchilik hozirdanoq bu kunni sabrsizlik bilan kutmoqda. 

Bizning yosh jamoamiz uchun esa bu juda katta tajriba bo'ladi. Motivaciya juda baland. Bu guruh – bizni saralash bahslaridagi g'olibligimiz uchun mukofot bo'ldi”, deydi Lev.


Manba: УЕФА расмий сайти