Yerri Mina "Fiorentina" safiga qo'shilishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
2 avg 2023
Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Yerri Mina "Fiorentina" jamoasi safiga borib qo'shiladi.

Himoyachi Italiya klubi bilan faol tarzda muzokara olib bormoqda. Kolumbiyalik 2 yilga uzaytirilishi mumkin bo'lgan 1 yillik shartnoma imzolashi aytilmoqda.

Kolumbiyalik ftubolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 7 ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi va 2 ta sariq kartochka oldi.

"Transfermarkt" portali 28 yoshli futbolchini 10 million evroga baholamoqda.


️Yerri Mina "Paxtakor"dan qancha maosh so'ragani ma'lum bo'ldi

Eshitdik-da! "Paxtakor" "Barselona" sobiq futbolchisiga qiziqmoqda  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: nicoloschira.com