"Arsenal" sobiq himoyachisi "Al Hilol"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2026
Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Fiorentina" himoyachisi Pablo Marini safiga qo'shib olganini rasman e'lon qildi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi 2025 yilning yanvaridan beri "Fiorentina" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16 o'yin o'tkazdi.

Avvalroq Pablo Mari "Monca", "Arsenal", "Udineze", "Flamengo", "Manchester Siti", "Deportivo" va "Jirona" jamoalarida to'p tepgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alhilal.com