Yaponiya terma jamoasi futbolchisi JCH-2026'dan chetda qolishi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 may 2026, 11:55
"Brayton" va Yaponiya termasi vingeri Kaoru Mitoma chap oyog'ining shikastlanishi tufayli mundialda ishtirok etmasligi ehtimoli bor.

Bu haqda "Jiji Press" xabar berdi.

Mitoma 9 may kuni Angliya chempionati doirasidagi "Vulverxempton" bilan bahsda shikastlandi. Manbaga ko'ra, 28 yoshli o'yinchining bu jarohati kutilganidan ancha jiddiy. Mitoma 15 may kuni e'lon qilinadigan Yaponiya terma jamoasining yakuniy qaydnomasiga kirishi dargumon.

1.jpg

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Yaponiya guruh bosqichida Niderlandiya, Tunis va Shvetsiya bilan o'ynaydi.

Mitoma 2025/26 yilgi mavsum "Brayton" tarkibida 27 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. U milliy jamoa uchun 31 uchrashuvda 9 ta to'p kiritgan hamda 8 ta assist qayd etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Jiji Press