Yaman TJ ustozi: "Falastin O'zbekiston ustidan g'alaba qozongach bizda ishonch paydo bo'lgandi"

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2021, 19:55
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi ertangi o'yin oldidan Yaman termasi ustozi Ahmad Ali Qosim matbuot anjumanida qatnashdi.

Ahmad Ali Qosim:

- Ertangi o'yinimiz og'ir kechishini bilamiz. Biz bilamiz, O'zbekiston terma jamoasi guruhda favoritlardan biri. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuvda tezkor gol bizni qiynab qo'ydi. Keyingi o'yinga jiddiy tayyorlandik.

O'zbekiston favorit hisoblansa ham biz o'z kuchimizga ishonamiz. Biz avvalgi uchrashuvda durangga loyiq edik.

Falastin O'zbekiston ustidan g'alaba qozongach bizda ishonch paydo bo'lgandi. Ammo hujumga tashlanib himoyada xatolarga yo'l qo'yib yirik hisobda yutqazganmiz. Bu safar O'zbekistonning qanday kuchga ega ekanligini bilib turibmiz.

O'zbekiston bir xil darajadagi 23 futbolchiga ega. Ularning birini alohida ajratishni istamagan bo'lardim. Barchasi yuqori saviyada o'ynashadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати