

"Real" vingeri Vinisius Junior Ispaniya Superkubogi finali vaqtida bahs referisiga "Barselona" a'zosi Lamin Yamal borasida etiroz bildirdi.
Saudiya Arabistonida o'tgan turnir finalida "Barselona" "Real"ni 3:2 hisobida mag'lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.
O'yin epizodlaridan birida Vinisius Yamalni to'xtatib qolish uchun himoyaga qaytishiga to'g'ri keldi. Shundan so'ng braziliyalik futbolchi uchrashuv bosh hakami Xose Munuera Monteroning oldiga borib, shunday dedi: "Men sizga aytgandim, Lamin doimiy ravishda simulyaciya ishlatadi, u tinmay sho'ng'iydi". Ushbu lavha Movistar telekanali efirida namoyish etildi.



