Xurshid Muxtorovning yangi jamoasi ma'lum

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025
Qozog'istonning "Turon" jamoasidan ketgan Xurshid Muxtorov faoliyatini Indoneziyada davom ettiradi.

31 yoshli himoyachi Indoneziyaning "Persik Kediri" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Ma'lumot uchun Muxtorov bunga qadar "Qo'qon-1912", "So'g'diyona", "Lokomotiv", OKMK, "Nasaf", "Navbahor", "Turon" (Farg'ona), "Neftchi" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan.

Qozog'iston chempionatining birinchi qismida u 13 o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol ham urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia