Xulen Lopetegi: “SSKA - kuchli raqib, lekin biz Moskvaga g'alaba uchun keldik”

Aziz Tukhtamuradov
1 okt 2018
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi YCHL guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan SSKA jamoasiga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.

Bundan bir necha daqiqa avval Moskvada ertangi o'yin oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Uning ilk qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi. 

“Biz uchun YCHLning har bir o'yini muhim. SSKA - kuchli raqib, tarkibida ijrochilar etarli. Lekin biz bu erga g'alaba uchun kelganmiz. “Lujniki” stadioni Rossiyadagi eng ko'rkam va zamonaviy o'yingohlardan biri. 

O'yindan-o'yinga kuchayib boryapmiz. Yanada yaxshiroq o'ynash uchun ichki zaxiramiz etarli. Ertaga qancha ko'p xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirsak, darvozani ishg'ol qilish ham osonlashadi. 

Ha, ayrim yetakchi futbolchilarimiz jarohatlari sabab kela olishmadi. Maydon egalari ham 4-5 himoyachi bilan o'ynaydi. SSKA safiga Magnusson qaytdi. Qolgan o'yinchilari ham xavfli. Moskvaliklar ilk uchrashuvda ham yomon taassurot qoldirishmadi. Ertaga muxlislarni ajoyib futbol uchrashuvi kutmoqda”, - dedi Lopetegi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: