Xorvatiyada yilning eng yaxshilari aniqlandi

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2019
Xorvatiyaning Opatiya shahrida mavsum yakunlariga ko'ra bir qator nominaciyalar bo'yich g'oliblar aniqlandi.

Xorvatiya futbol assotsiatsiyasi so'rovnomani professional murabbiylar hamda futbolchilar o'rtasida o'tkazdi. Ovoz berish natijlariga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi deb, Madridning Real klubi a'zosi Luka Modrich topildi. U ettinchi bor mazkur nomga sazovor bo'ldi 

Xorvatiyaning eng yaxshi 21 yoshgacha bo'lgan futbolchisi va hujumchisi sifatida Zagrebning Dinamo klubi forvardi  Dani Olmo tan olindi. Uning klubdoshi Dominik Livakovich esa yilning eng yaxshi darvozaboni nomiga ega chiqdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca