"Xorazm" - "Oq-tepa" uchrashuvidan GALEREYA yoxud "O'yin qoidalari"ga rioya qilinmagan bahs

Narzulla Saydullayev
23 noya 2020, 09:52
Kecha Pro liganing 18-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Oq-tepa" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda "Oq-tepa" Timur Hakimov tomonidan urilgan gol evaziga g'alabaga erishdi - 1:0. 

E'tiborlisi IFAB tomonidan tasdiqlangan O'yin qoidalarida futbolchilar ekipirovskasi bandida quyidagicha yozilgan: "Shortikning tagidan kiyiladigan kiyim/trika shortikning asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil bo'lishi kerak – bitta jamoa o'yinchilari bir xil rangdan foydalanishlari zarur".

Rasmlardan ko'rish mumkinki ikkala jamoa a'zolari bu qoidaga amal qilishmagan. Qizil va ko'k shortiklar tagidan qora issiq kiyim kiyilgan. Hakamlar va o'yin nazoratchisi bu holatni e'tiborsiz qoldirishgan.  Bu holatga O'FA hakamlar departamentidan izoh kutib qolamiz. 


XORAZM – OQ-TEPA 0:1
Hakamlar:
Ilya Ilin, Erlan Nurjanov, Farrux Ashirboev.
Nazoratchi: Ishoq Ibragimov.
Komissar: Davron Ahmedov.


Quyida uchrashuvdan olingan rasmlarni tomosha qiling:




foto: Yarashboy Jumanazarov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia