"Xorazm" fransiyalik futbolchi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2026
"Xorazm" fransiyalik vinger Yanis Leri transferi haqida ma'lumot berdi.

22 yoshli vinger Leri o'tgan mavsum Ispaniyaning "Logrones" jamoasida o'ynagan. Faoliyati mobaynida Fransiya, Lyuksemburg va Ispaniya jamoalarida harakat qilgan.

U Fransiya U-16 va U-17 terma jamoalari safida ham maydonga tushgan.

Avvalroq "Eshitdik-da" rukni ostida Leri "Xorazm" a'zosiga aylangani haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати