

29 yoshli yaponiyalik futbolchining transferi yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Oldinroq Xonda Milanni tanqid qilgani uchun jarimaga tortilishi va qishda sotib yuborilishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Yaponiyalik futbolchi yozgi transfer bozori vaqtida rahbariyat jamoani kuchaytirish uchun etarli mablag' ajratmagani haqida intervyu bergandi.



