Xoland PSJ bilan o'yinda 60 metrni 6,64 soniyada bosib o'tdi. Jahon rekordi - 6,34

Alisher
19 fev 2020, 16:24
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi PSJ (2:1)ga qarshi ilk o'yinda sprinterlik tezligini namoyish etdi.

19 yoshli norvegiyalik PSJning burchak to'pidan so'ng qarshi hujumga o'tish maqsadida 60 metrni 6,64 soniyada bosib o'tdi.

Bu masofadagi jahon rekordi amerikalik Kristian Koulmenga tegishli - 6,34, Norvegiya rekordi esa 6,55ga teng.

Xolandning og'irligi 87 kilogramm, bo'yi esa 194 smga teng.

Erling Xoland "Borussiya" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.



AlisherMuallif
Manba: sport.sky.it

O'xshash yangiliklar