

“Aniq maqsadlarim bor, ammo buni oshkor qilolmayman. Kiyim almashtirish xonasida beshta gol urishim ham mumkinligini aytdim, ammo asosiysi g'alabaga erishdik.
“Arsenal”ni quvishda davom etishimiz kerak. Yana 1-2 gol ura olardim, lekin hayot shunday, yanada ko'proq mashq qilish kerak.
2022 yilgi mundialni o'tkazib yuborganimdan jaxlim chiqqandi, uyda qolgandim. Batareyalarimni qayta quvvatladim. Boshqalarning qanday gol urishi va JCHda g'alaba qozonishini o'rgandim hamda bu menga turtki, motivaciya berdi, g'azablantirdi ham. Har qachongidan chanqoqman”, degan norvegiyalik to'purar.



