Xitoy klubida o'ynagan futzalchimiz endi "So'g'diyona"da

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2018
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi nafaqat katta futbol, balki futzalda ham tarkibni kuchaytirishni boshlab yubordi.

Futzal jamoasi hozirgi kunda tatilda. Murabbiylar shtabi esa transfer oynasida tarkibni yanada kuchaytirish bilan band. Bugun jamoa rahbariyati futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, shu kungacha Xitoyning "Dalyan Puvan Anbo" klubi sharafini himoya qilgan Dilshod Rahmatov bilan kelishuvga erishdi. Endi Dilshod Rahmatov rasman "So'g'diyona" a'zosiga aylandi. Shu o'rinda "So'g'diyona" PFK mamuriyati Dilshod Rahmatovga jamoadagi faoliyatida omad tiladi.


"So'g'diyona" PFK matbuot xizmati


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcsogdiana.uz