

Bu qaror klub o'z uyida 4 oy g'alaba qozona olmagani uchun qabul qilindi, tilla rang esa fenshuy bo'yicha omadni chaqiradi. Shu bilan birga, oq rangdagi zinalarga yashil rang berildi.
Bundan so'ng "Guanjou Fuli" ketma-ket 5 ta uy uchrashuvida g'alabaga erishdi. Dragan Stoykovich shogirdlari bu o'yinlarda 22 ta gol urib, 9 ta gol o'tkazib yuborishdi.
"Stadionimiz rangini o'zgartirganimizdan so'ng, jamoa 5 ta uchrashuvda g'alabaga erishdi va yuqori mahsuldorlik namoyish etdi. Tilla rang juda yoqimli va undi uni o'zgartirish shart emas" - deydi Stoykovich.





