Xitoy klubi Ibragimovichga ikki yil uchun 53 million funt maosh taklif qildi

Narzulla Saydullayev
27 may 2016, 08:15
Xitoy klublaridan biri Manchester Yunayted bilan Zlatan Ibragimovich uchun kurashadi.

Nomi oshkor qilinmayotgan Xitoy klublaridan biri Ibragimovichga bir yil uchun 26,5 million funt maosh taklif qilmoqda. Ushbu jamoa shvetsiyalik hujumchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Bugun 34 yoshli futbolchi qaysi klubda faoliyatini davom ettirishi borasida qaror qabul qilganini aytib o'tdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com