Xesus Navas jarohat oldi, uning o'rniga Ispaniya termasiga “Arsenal” futbolchisi chaqirildi

“Arsenal” futbolchisi yana terma jamoadan chaqiruv oldi.

Luis Enrike Ispaniya terma jamoasining noyabrdagi o'yinlarida ishtirok etish uchun “Arsenal” himoyachisi Ektor Belerinni ham chaqirdi. Ektor jarohat olgan Xesus Navasning o'rnini egalladi.

Ma'lumot uchun, Ispaniya Millatlar Ligasi doirasida 14 noyabrda Shveytsariya mehmoni bo'ladi, 17 noyabrda esa o'z uyida Germaniyani qabul qiladi.


Manba: Sport Express