

"TEAMtalk" ma'lumotlariga ko'ra, "kanonirlar" hujumkor o'yinlarini yaxshilash va yangi transferlar uchun mablag' taminlash maqsadida braziliyalik vingerni sotishga tayyor.
24 yoshli futbolchining jamoadagi roli so'nggi oylarda pasaydi va ko'p hollarda zaxiradan maydonga tushdi.
Uning inkor etib bo'lmaydigan istedodi va Chempionlar Ligasidagi o'tmishdagi yutuqlariga qaramay, Martinelli hozir Mikel Arteta jamoasida asosiy tarkibda o'rin egallashi kafolatlanmagan.
"Arsenal" vingerni taxminan 50 mln funt yoki undan ko'proqqa baholaydi, ammo vaziyatga yaqin manbalarning bildirishicha, klub jiddiy takliflarni ko'rib chiqishga rozi.
Martinelli Chempionlar Ligasida o'ynashni davom ettirishni va keyingi jamoasida asosiy o'yinchi bo'lishni xohlaydi.



