Xenderson "Liverpul" bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
31 avg 2021, 16:38
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.

Mersisayd klubi xabariga ko'ra, futbolchi uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

The Athletic'ning ma'lumotiga ko'ra, angliyalik 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolagan.

Xenderson 2011 yildan beri "Liverpul"da o'ynaydi. U jamoa tarkibida Angliya chempioni, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH g'olibiga aylangan.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com