Xavi "Real" o'yinidagi hakamlik haqida: "La Ligani yutish qiyin bo'ladi. Ayrim narsalarni nazorat qila olmaymiz va bugun barcha buni ko'rdi"

Alisher
22 yanv 2024, 01:40
Xavi "Real" – "Almeriya" o'yinidagi hakamlik ishi haqida gapirdi.

Madridliklar qo'shimcha vaqtlarda g'alabani qo'lga kiritgan o'yinni Fransisko Ernandes Maeso boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

"Men Garitano ["Almeriya" murabbiyi] va juda yaxshi jurnalist Alfredo Relanoning fikriga tayanaman.

Bu chempionatni yutish juda qiyin bo'ladi. Men bu gapni Xetafeda aytgandim. Men bir-biriga mos kelmaydigan bazi narsalarni ko'rdim.

Biz g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak, ammo ayrim narsalarni nazorat qila olmaymiz. Va bugun buni barcha ko'rdi.

"Xetafe"ga qarshi penalti [belgilanmagan], "Rayo" bilan o'yinda Rafinyaning vaziyati [jarima maydonchasida], Feliksning "Granada"ga urgan goli [bekor qilingan]ni eslayman", – dedi "Barselona" bosh murabbiyi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo