Xavi Dembelening agentiga: "Agar shartnoma uzaytirilmasa, Usman endi "Barsa" uchun o'ynamaydi"

Aziz Tukhtamuradov
27 yanv 2022
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi vinger Usman Dembelening agenti Mussa Sissoko bilan uchrashdi.

Ispaniyalik murabbiy uchrashuvda futbolchini olib qolmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. Shu maqsadda unga yangi shartnoma taklif etilgan. Ammo kelishuv amalga oshmasligi oydinlashavergach, klub Dembeleni 31 yanvarga qadar sotib yuborish harakatiga tushgan. 

Sissoko esa agar shartnoma uzaytirilmasa yoki qishda transfer amalga oshmasa oqibati nima bo'lishi bilan qiziqqan. Xavi esa bunga javoban: "Agar ikki variantdan biri tanlanmasa, u boshqa "Barsa" uchun o'ynamaydi" degan. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca