

41 yoshli ispaniyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini, shuningdek Dortmundning "Borussiya" klubini rad etdi. Nemis klubi Xaviga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Jamoani hozirgi vaqtda vaqtinchalik Edin Terzich boshqarmoqda.
Braziliya futbol federatsiyasi esa "Barselona" afsonasiga JCH-2022da Titening assistenti bo'lishni, turnirdan so'ng esa jamoa bosh murabbiyiga aylanishni taklif qilgan.
"Al Sadd" mayda ispaniyalik mutaxassis bilan shartnomani 2023 yilga qadar uzaytirdi.



