Xavi Anchelottiga bo'layotgan tanqid haqida: "Ispaniyada bosim juda katta"

Alisher Ostonov
8 may 2025, 17:28
"Barselona"ning sobiq ustozi Xavi "Real" ustozi Karlo Anchelottiga nisbatan ortiqcha tanqidni adolatsizlik deb atadi va Ispaniyada futbol uzoq muddatli rivojlanishga emas, balki tezda natijaga e'tibor qaratishini ta'kidladi.

"Anchelottiga qarang - u 10 yil ichida 30 ta unvonni qo'lga kiritdi, uni esa hech narsaga erisha olmagandek tanqid qilishadi. Ernesto Valverde topib aytganidek, agar Anchelottiga hujum qilinayotgan bo'lsa, unda boshqalarni nima kutish kerak? Ispaniyada bosim juda katta, ayniqsa "Barselona" va "Real"da", - dedi Xavi.

Avvalroq, "Real" "Barselona"ga qarshi o'yindan keyin Anchelottining iste'fosi haqida bayonot berishi xabar qilingandi. La Liga 35-turidan o'rin olgan o'yin 11 may kuni bo'lib o'tadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca