Xasan Salixamidjich: "Bavariya" PSJdan o'tadi"

Aslanov Jasurbek
5 may 2026, 23:44
"Bavariya" sobiq futbolchisi va sport direktori Xasan Salixamidjich Myunxen klubi Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsida PSJni qanday mag'lub etishi haqida gapirib berdi (ilk o'yin – 4:5).

"Bavariya" 6 may kuni "Pari Sen-Jermen"ni qabul qiladi.

"Tribunadagi o'n ikkinchi o'yinchimiz va zabt etib bo'lmas qala hisoblangan "Alyanc Arena" bilan bizda uyda aniq ustunlik bor. Men "Bavariya" keyingi bosqichga chiqishiga qatiy ishonaman.

Futbolchilarimiz top-formada, ular g'alaba qozonishmoqda va hatto boy berilayotgan o'yinlar taqdirini ham o'zgartirib yuborishyapti. PSJga qarshi bahsda ular o'zlariga qo'shimcha bosim o'tkazishlari kerak emas, tanaffusgacha 3:0 hisobida oldinda borish shart emas – biz buni uchrashuvning yakuniy pallasida o'z kuchli tomonlarimiz evaziga amalga oshiramiz", – dedi Salixamidjich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany в X