Xarri Keyn Alan Shirerning rekordini takrorladi FOTO

Narzulla Saydullayev
24 dek 2017
Kecha "Tottenxem" klubi APL 19-turida "Tottenxem" safarda "Bernli"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu o'yinda xet-trikka erishgan Xarri Keyn 2017 yilda o'zining gollari sonin 36taga etkazib oldi. Shu tariqa, Keyn 22 yil oldin Alan Shirer o'rnatgan rekordni takrorladi. "Nyukasl" sobiq hujumchisi ham bir yil ichida APLda 36ta gol urishga erishgandi.

Xarri Keynda bu rekordni yangilash uchun imkoniyat bor. 26 dekabr kuni "Tottenxem" o'z uyida "Sautgempton"ni qabul qiladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: brfootball