Xansi Flik chap qanot himoyachisi Balde o'rniga "La Masiya" tarbiyalanuvchisini chaqirmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025, 11:49
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik chap qanot himoyachisi Alexandro Balde jarohatidan so'ng akademiya futbolchisini jalb etishga tayyor.

"La Masiya"ning 18 yoshli qanot himoyachisi Jofre Torrents yaqin haftalarda "Barselona" asosiy jamoasi bilan mashg'ulotlarni boshlashi mumkin. U Alexandro Balde "Leganes"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgani bois zaxira o'yinchisi bo'ladi.

Balde uchrashuvning birinchi bo'limidayoq maydonni tark etdi. U shikastlanish tufayli kamida 3 hafta maydonga tushmaydi.

Bu holatda futbolchi Ispaniya Kubogi finalida "Real"ga qarshi o'yinni va "Borussiya"ga qarshi Chempionlar Ligasi chorak final javob o'yinini o'tkazib yuboradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes