Xandanovich "Inter"ning darvozabonlar bo'yicha skauti sifatida ish boshladi

Omonjon To`xtamirzayev
27 noya 2023
"Inter"ning sobiq kiperi Samir Xandanovich klubning darvozabonlar bo'yicha skauti sifatida ish boshladi.

Yaqin kunlarda u Yevropa bo'ylab murabbiylik metodikalarini o'rganishga kirishadi.

Yozda Samir professional faoliyatini yakunlagan, lekin klubda qolgandi.

Skautlik bilan birga Xandanovich murabbiylik kurslarida tahsil oladi. Katta ehtimol yaqin kelajakda sobiq darvozabon "Inter"ning yoshlar jamoasini boshqaradi, bu borada muzokaralar boshlab yuborilgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Calcio Mercato