Xalqaro Chempionlar Kubogi-2019. Simeonening goli "Fiorentina"ning "Gvadalaxara" ustidan g'alaba qozonishida yordam berdi

Alisher
17 iyul 2019
"Fiorentina" Xalqaro Chempionlar Kubogi doirasidagi "Gvadalaxara"ga qarshi uchrashuvda irodali g'alabaga erishdi.

Italiyaliklar tarkibida "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li Jovanni Simeone gol urdi.

"Fiorentina" musobaqa davomida bundan tashqari "Arsenal" va "Benfika" bilan o'ynaydi.

"Fiorentina" - "Gvadalaxara" - 2:1 (1:1)

Hakam: Vaskes (AQSH).

17 iyul. Bridjvyu. "SeatGeek Stadium".

Gollar: Lopes, 25 (0:1). Simeone, 27 (1:1). Sottil, 52 (2:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Pulido ("Gvadalaxara") 36

"Fiorentina": Drongovski, Chekkerini (Dabo, 73), Raneri, Terzich (Gancko, 46), Venuti (Lakti, 73), Eyserik (Saponara, 46), Kristoforo (Xristov, 73), Benassi (Montel, 62. Koffi, 90+2), Kastrovilli (Baes, 46), Simeone (Vlaxovich, 63), Sottil (Jurkovski, 62).

Ogohlantirishlar: Terzich, 35. Raneri, 45. Simeone, 49. Chekkerini, 70. Lakti, 78.



AlisherMuallif
Manba: internationalchampionscup.com